20:39 / 29.05.2015
1596

Yevropa Ittifoqida kashandalar miqdori 2 yilda 2 foizga qisqardi

Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlardagi kashandalar miqdori 2 yilda 2 foizga qisqarib, 26 foizni tashkil qilgan. Bu Yevrokomissiya buyurtmasiga asosan TNS Opinion & Social network tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aniqlandi.
Tadqiqotdan ma'lum bo‘lishicha, kashandalar soni asosan 15-24 yoshdagi odamlar orasida qisqargan (29 foizdan 25 foizgacha). Fuqarolari eng kam tamaki chekadigan davlatlar deb Shvetsiya (11 foiz) va Finlyandiya (19 foiz) topildi; aksilrekordlarni esa Gretsiya (38 foiz) va Bolgariya (35 foiz) qayd qildi.
Sog‘liqni saqlash bo‘yicha yevrokomissar Vityanis Andryukaytisning so‘zlariga qaraganda, YeI fuqarolari dastlabki sigaretani o‘rtacha 17.6 yoshida chekib ko‘radi.
“Tadqiqot yakunlari ko‘rsatib turibdiki, ayniqsa yoshlar orasidagi kashandalikka qarshi kurash hali g‘alaba bilan yakunlanmadi. Yevropaliklar o‘smirlik yoshida tamaki chekishga qiziqib qolayotganlarini hazm qilib bo‘lmaydi”, – uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Tadqiqot Yevropadagi tamakisiz kun (31 may) arafasida o‘tkazildi.

Top