23:35 / 29.05.2015
2867

FIFA vitse-prezidenti – Iordaniya shahzodasi unga ovoz bergan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi

FIFA prezidenti lavozimiga saylovlarning ikkinchi bosqichida ishtirok etishdan bosh tortgan FIFA vitse-prezidenti, Iordaniya shahzodasi Ali ibn Al-Husayn ushbu saylovlarda uni qo‘llab-quvvatlagan barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirishini aytdi.

“Hammaga rahmat aytmoqchiman. Bu juda ajoyib tajriba bo‘ldi. Menga ovoz berish uchun yetarlicha darajada jasurlik ko‘rsatgan barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, deb aytdi Al-Husayn.

Top