07:23 / 29.05.2015
2197

Google buyumlar interneti uchun o‘zining ekotizimini namoyish qildi

Android'ning bosh dasturchisi Sundar Pichay dasturchilar uchun mo‘ljallangan Google I/O 2015 anjumanida buyumlar interneti Weave uchun yangi Android ekotizimini namoyish qildi.

Google tomonidan sertifikatlashtirilgan istalgan qurilma Weave'ni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa qurilmalar bilan aloqa o‘rnata oladi, ular bilan axborot almasha oladi va smartfondan yoki Android Wear'dan foydalanuvchining buyruqlarini, shu jumladan ovozli buyruqlarini qabul qila oladi.

Bu butun dunyo bo‘ylab “aqlli” qurilmalar ixtirochilariga Google'ning tayanch funksionali yordamida o‘zlarining mahsulotlari va tegishli mobil dasturlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Top