Hindistonda hukm surayotgan issiq haroratning qurbonlari soni 1826 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda 29 may kuni Times of India nashri.
27 maydan beri mamlakatning janubiy shtatlari Andxra-Pradeshe va Telanganeda 414 kishi halok bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Andxra-Pradeshda 1334 kishi, Telanganeda 440 kishi, yana 43 kishi Odisha shtatida, Gujarotda 7 kishi va Nyu-Dehlida 2 kishi halok bo‘lgan.
Issiq ob-havo yana bir qator shtatlar – Panjob, Xarian, Uttar-Pradesh va Rajastonda ham kuzatilmoqda. Himoloy yon bag‘irlari va Himachal-Pradesh shtatida 43,2 graduslik harorat qayd etildi.
40 gradusdan yuqori bo‘lgan ob-havo harorati yilning bu vaqtida Hindistonning aksariyat qismi uchun xos bo‘lib, hududlarga qarab mart oyidan iyun oyigacha ob-havo quruq keladi, so‘ngra yomg‘irlar mavsumi bilan almashadi. Aprel va may oylari eng issiq va quruq oylar hisoblanadi.