12:12 / 29.05.2015
4279

Maykl Jyeksonning Neverland nomli ranchosi 100 mln dollarga sotildi

Amerikalik marhum qo‘shiqchi Maykl Jyeksonga tegishli bo‘lgan rancho 100 mln dollarga sotildi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Kaliforniya shtatidagi Santa-Barbara shahridan 64 km masofa uzoqlikda joylashgan nomli rancho 2700 akr (1,2 ming gektar) maydonda joylashgan.

Sotheby's International Realty vakili Syuzanna Perkinsning aytishicha, bu mulk kimoshdi savdosiga Sycamore Valley Ranch nomi bilan qo‘yilgan.
Ma'lum qilinishicha, rancho hududida orangutan, fil va lama kabi jonivorlar ham istiqomat qiladi. Shuningdek, bu yerda temiryo‘l hamda vokzal ham saqlanib qolgan.

Ushbu mulkda 2ta uy, hovuz, basketbol maydoni va tennis korti joylashgan.

Ma'lumot uchun, Jyekson bu ranchoga 1987 yilda 19,5 mln dollar to‘lagan va u bu yerda 15 yil yashagan. 2008 yilda Colony Capital kompaniyasi bu hududda yangi majmua yaratish uchun 23 mln dollar sarmoya kiritgandi.

Top