17:24 / 29.05.2015
2227

Nazarboyev Burubay shahrida MDHga a'zo davlatlarning hukumatlari vakillari bilan uchrashdi

29 may kuni Qozog‘istonning Burubay shahrida MDHga a'zo davlatlarning hukumat rahbarlari Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va bir qator sohalarga oid hujjatlar qabul qilindi. Hujjatlar 2014 yilda MDH davlatlarining 2020 yilgacha bo‘lgan davr uchun innovatsion hamkorligining davlatlararo dasturi amalga oshirilishining borishini o‘z ichiga oladi.

Yig‘ilishda Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov, Armaniston bosh vaziri Ovik Abraamyan, Belarus bosh vaziri Andrey Kobyakov, Kirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyev, Moldova bosh vaziri Kirill Gaburich, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev, Tojikiston bosh vaziri Koxir Rasulzoda ishtirok etmoqda. Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilari orasida O‘zbekiston esa bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov, Ozarboyjon bosh vaziri o‘rinbosari Yaqub Ayubov, Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari Satlik Satlikov hamda MDH Ijro qo‘mitasi vakili Sergey Lebedev bor.

Qatnashuvchilar mezbon mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashishgan.

Endilikda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi vakillarining kengaytirilgan majlisi o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda Vetnam bosh vaziri Nguyen Tan Zung bilan tomonlar o‘rtasidagi erkin savdo xususida bitimlar tuzilishi kutilmoqda.

Top