17:51 / 29.05.2015
2309

Nazarboyev Medvedevga Rossiya-Xitoy trassasini uzaytirishni taklif qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan uchrashuvi vaqtida Qozog‘istonning Xitoy bilan chegarasidan boshlangan va Qozog‘iston bo‘ylab o‘tadigan trassani Sankt-Peterburggacha uzaytirish bo‘yicha taklif kiritgan. Bu haqda TASS nashri xabar bermoqda.

"Biz Rossiya va Xitoy oralig‘idagi 2,7 ming kilometrlik zamonaviy avtomobil magistralining Qozog‘istondagi qismini qurish ishlarini yakunlamoqdamiz. Men Dmitriy Anatolevich Medvedevdan bu trassani uzaytirishni iltimos qilaman", degan Nazarboyev MDH davlatlarining hukumat rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan majlis doirasidagi uchrashuv vaqtida.

U trassani Sankt-Peterburg shahrigacha uzaytirishni iltimos qilgan.

Nazarboyevning fikricha, avtomagistralni uzaytirish orqali bir qator istiqbolli iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. U bu loyiha Qozog‘istondan tashqari O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlarining iqtisodi rivojlanishida ham o‘rin tutishini ta'kidlagan.

Top