15:50 / 29.05.2015
2372

Oliy liga: 11-tur oldidan

Oliy liganing 11-turida "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor"ni qabul qiladi.

So‘nggi yillarda bu jamoalar to‘qnashuvi yangi keskinlikni keltirib chiqardi. Har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonda shiddatli va keskin kurash kechmoqda. Bu safar ham bundan mustasno bo‘lmasligi tabiiy. Sergey Lushan jamoasi mavsumni ko‘ngildagidek boshlamagandek tuyulgandi, lekin oxirgi 2 turdagi g‘alaba "Bunyodkor"ga yaxshi kayfiyat taqdim etdi.

Chempionat doirasida jamoalar 16 marta to‘qnash kelishgan. 3 bor "Paxtakor", 5 marta "Bunyodkor" g‘alaba qozongan. 8 bellashuvda durang qayd etilgan. Jamoamiz 15, raqib esa 18 marta to‘p kiritgan. "Paxtakor" mezbonlik qilgan uchrashuvlarda 1 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat kuzatilgan. O‘tgan mavsumdagi o‘yinlarda 3:1 va 3:2 hisobida jamoamiz zafar quchgandi.
Uchrashuvni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Yoshlar tarkiblari bahsi 30 may, shanba kuni Qibraydagi stadionda soat 17:30da boshlanadi. Asosiy jamoalar o‘yini "Paxtakor" stadionida 31 may, yakshanba kuni soat 19:00da start oladi. Ishqibozlarni derbida "Paxtakor"ni munosib qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz. 

"PAXTAKOR" - "BUNYoDKOR"
Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abdulhamid Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent), Ahrol Risqullayev (Toshkent).
Nazoratchi: Bulat Galeyev (Urganch).

Oliy liga 11-turining qolgan uchrashuvlarida quyidagi jamoalar kuch sinashadi: 

Top