17:28 / 29.05.2015
5031

Janubiy Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda olefin ishlab chiqaruvchi korxona ochadi

«O‘zbekneftegaz» MXK va GS Engineering & Construction Co. kompaniyasi 4,5 mlrd dollarlik qo‘shma loyihani amalga oshirmoqda.

Janubiy Koreyaning eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri GS Engineering & Construction Co kompaniyasi 28 mayda O‘zbekistonda neft-kimyo sohasida ishlab chiqarish korxonasi qurish bo‘yicha 4,5 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirish uchun shartnoma imzoladi.

“O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi va GS Engineering & Construction Co kompaniyasi o‘rtasidagi hamjihatlik memorandumiga muvofiq, Janubiy Koreya kompaniyasi tabiiy gazdan olefin ishlab chiqarish korxonasini quradi. Olefin plastmassa olishda ishlatiladi.

GS Engineering & Construction Co kompaniyasi koreyalik investorlar bilan konsorsium shakllantiradi va loyihaning 50 foizini moliyalashtiradi, qolgan qismi esa “O‘zbekneftegaz” tomonidan qoplanadi.

Ayni kunlarda yakuniy narxlar va ishlab chiqarish quvvatlari bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Yuqorida keltirilgan memorandum O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Seulga tashrifi chog‘ida imzolandi.

Top