20:53 / 29.05.2015
4341

O‘zbekistonliklar Kamchatkani ma'qul ko‘rmoqda

O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari Rossiyaning Kamchatka o‘lkasida ish qidirishni ma'qul ko‘rmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 2015 yili Kamchatkaga 2 ming muhojir kelgan bo‘lib, ularning 75 foizini O‘zbekiston fuqarolari tashkil qiladi.
“Bu yili 1903 muhojir mehnat patentlarini oldi. Ulardan 1500 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir. Ikkinchi o‘rinda qirg‘izlar – 157 patent – keyingi o‘rinlarda esa ukrainaliklar – 138 patent – va ozarbayjonlardir – 108 patent”, – dedi federal migratsiya xizmati xodimi Olesya Fedortsova Kam24 axborot agentligi muxbiriga bergan intervyusida.

Top