20:52 / 29.05.2015
3432

Rossiya Qirg‘iziston fuqarolari uchun migratsion tartibni yengillashtirdi

Rossiya Vazirlar Mahkamasi Qirg‘iziston bilan migratsion tartibni yengillashtirish borasidagi kelishuvni tasdiqladi. Muassasa matbuot xizmatining xabar berishicha, hujjat Rossiya prezidenti Vladimir Putinga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
Hujjat matnida aytilishicha, har ikki davlat fuqarolari boshqa davlatga o‘tgan paytda 30 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmay yashash huquqiga ega bo‘ladi.
Bu sana fuqaro boshqa davlat hududiga kirgandan boshlab migratsion kartada va chegarachilar imzosi bilan tasdiqlangan muddatdan boshlab hisoblanadi.

Top