20:04 / 29.05.2015
1606

Rossiya Sberbanki direktori o‘z lavozimida qoldi

Rossiya Sberbanki aksiyadorlarining yig‘ilishida amaldagi prezident German Gref qaytadan o‘z lavozimiga saylandi.

Sberbankning yillik majlisi 29 may kuni o‘tkazildi. Unda, Grefning vakolatini uzaytirishdan tashqari, aksiyadorlarga dividentlar to‘lash masalasi ham kun tartibida bo‘ldi.

Grefning vakolat muddati 2015 yil noyabridan 2019 yil noyabriga qadar uzaytirildi. Ilgariroq vakolatlarni nazorat kengashiga topshirish haqida aytilgan taklif yig‘ilish chog‘ida rad qilindi.

Top