08:30 / 29.05.2015
5122

Shimoliy Koreya rahbarining singlisi ikki oydan beri ilk bor ommaga ko‘rinish berdi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning singlisi 28 yoshli Kim Yo Chjon 50 kunlik "yo‘qolish"dan keyin ilk bor omma qarshisida ko‘rinish berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Kim Yo Chjon mayda ko‘zi yorishi kerak bo‘lgani uchun ko‘zlardan g‘oyib bo‘lgan. Uning 12 aprelda olingan oxirgi suratlarida u to‘lishib ketgan holda tasvirlangandi.

Kim Yo Chjon so‘nggi bor akasi bilan Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyan aeroportining ikkinchi terminali qurilishiga borganda omma oldida ko‘rinish bergan. Bu gal u akasi bilan bilan bog‘dorchilik xo‘jaligini ko‘zdan kechirgani borgan.

Kim Yo Chjon o‘tgan yili mamlakatda ikkinchi raqamli shaxsning o‘g‘li, Bosh siyosiy boshqarmaning rahbari Chxve Ren Xega turmushga chiqqandi.

Top