19:14 / 29.05.2015
2755

Xarrison Ford aviafalokatga uchragandan keyin ilk bor yana parvoz qildi

Gollivudlik mashhur aktyor Xarrison Ford o‘zining mini-samolyotida falokatga uchragandan uch oy o‘tib, yana osmonga parvoz qildi.

Tinch okeani sohilbo‘yida joylashgan Santa-Monika aeroporti vakillarining aytishicha, 72 yoshli aktyor sog‘lom ko‘rinishda bo‘lgan. “U aeroportga qaytishidan juda xursand edi. Hamisha kulib turdi, biroz oqsoqlanib yurishiga qaramasdan, ajoyib ko‘rinishda edi”, deb aytmoqda manbalardan biri.

Ford o‘zining do‘sti bilan ikkinchi uchuvchi sifatida parvoz qildi.

Ma'lumot uchun, Ford boshqarayotgan samolyot mart oyi boshida falokatga uchragan edi. Aktyor falokatdan keyin hali ham sog‘lig‘ini tiklamoqda.

Top