16:15 / 29.05.2015
3854

Yozef Blatter: "FIFA jahon chempionatini Rossiya va Qatarga bermaganida bu muammolar bo‘lmas edi"

FIFA prezidenti Yozef Blatter o‘zining saylovoldi nutqida tashkilot a'zolarining hibsga olinishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Hozir biz qiyin vaziyatni boshdan o‘tkazmoqdamiz. So‘nggi voqealar FIFA nomiga yomon ta'sir qildi. Buni oldini olishga harakat qilish kerak. Biz FIFA sha'nini oyoqosti qilishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz darkor. Qo‘lga olingan insonlar o‘zlari uchun javob berishadi. Ba'zi insonlar sabab butun boshli tashkilotni yomonotliq qilish kerakmas.

Biz birlashib, oldinga harakat qilishimiz kerak. Biz futbolda bo‘lib o‘tayotgan barcha voqealarni nazorat qila olmaymiz. Chunki bunda 300 mlndan ortiq inson ishtirok etadi.

Agarda FIFA jahon chempionatini Rossiya hamda Qatarda o‘tkazishni belgilamaganda, o‘ylashimcha, hozir bu muammolar bo‘lmas edi”, – dedi Blatter. 

Top