17:44 / 30.05.2015
2088

“Spartak” Murot Yaqin bilan shartnomani bekor qildi

Moskvaning “Spartak” futbol jamoasi bosh murabbiy Murot Yaqin bilan shartnoma bekor qilinishini ma'lum qildi. Bu boradagi xabarnoma jamoaning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Xabarda ta'kidlanishicha, jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni boshqa murabbiy rahbarligida boshlaydi.
“Spartak” Murot Yaqinga amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorchilik bildiradi”, – deyiladi murojaatda.
Ixtisoslashgan matbuotda taxmin qilinishicha, Yaqinning o‘rnini Tula “Arsenal”i murabbiyi Dmitriy Alenichev egallashi mumkin.

Top