16:56 / 30.05.2015
2446

AQShdagi selda qariyb 30 kishi cho‘kib ketdi

AQShning Texas va Oklaxoma shtatlarida sodir bo‘lgan sel oqibatida deyarli 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Texasda 24 kishi, Oklaxomada 4 kishi g‘arq bo‘lgan. Shuningdek, o‘nlab odamlar dom-daraksiz ketgan.
Metereologiya xizmatining ma'lum qilishicha, yog‘ingarchilik dam olish kunlari ham davom etadi.
AQSh prezidenti Barak Obama Texasni halokat zonasi deb e'lon qildi. Shtatga gumanitar yordam ko‘rsatilishi kutilmoqda.

Top