13:22 / 30.05.2015
3488

Blatter UYeFAni kechirdi

FIFA prezidenti Yozef Blatter uni iste'foga chiqarmoqchi UYeFAni va, xususan, Mishel Platinini kechirishini ma'lum qildi. Bu haqda Agence France-Presse xabar bermoqda.
Ovoz berish jarayoni tugagach, UYeFA prezidenti Mishel Platini uning tashkiloti FIFAda o‘zgarishlar yaratish yo‘lidagi harakatni qo‘llab-quvvatlaganidan g‘ururlanishini ma'lum qildi.
“Bu nafrat UYeFAdagi bir kishidan emas, butun tashkilotdan bilinib turibdi, ular hanuzgacha 1998 yili prezident bo‘lganimni hazm qila olmaydi”, – dedi Blatter Shveytsariya televideniyesiga bergan intervyusida.
“Men barchani kechiraman, ammo esdan chiqarmayman”, – qo‘shimcha qildi u.

Top