15:18 / 30.05.2015
2332

David Vilya “Barselona” trebl kutayotganini aytdi

“Barselona” jamoasining sobiq hujumchisi, bugungi kunda “Nyu-York Siti” tarkibida to‘p surayotgan David Vilya Kataloniya jamoasi 2014/2015 mavsum yakunlariga ko‘ra uchta yirik g‘alabani qo‘lga kiritishiga ishonch bildirdi.

“Men “Barselona”ga shunchaki g‘alaba tilab qolmayman, balki u uchta turnirda g‘alaba qozonishiga ishonaman, – dedi futbolchi. – Bu jamoaga bas kelish juda qiyin, negaki unda nihoyatda kuchli sportchilar to‘p suradi”.

Top