19:58 / 30.05.2015
2493

Yevropa uy jonivorlari buzgan telefonlarning umumiy qiymati 2.1 mlrd yevroni tashkil qildi

Yevropaning uy jonivorlari – mushuklar va itlar tomonidan buzilgan telefonlar, planshetlar va boshqa gadjyetlarning umumiy qiymati 2.1 mlrd yevroni tashkil qildi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlar ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra to‘plangan.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinda Buyuk Britaniya turibdi – u yerdagi jonivorlar yo‘q qilgan uskunalar qiymati 0.5 mlrd yevroga tenglashgan. Oxirgi o‘rinni Daniya 14 mln yevro ko‘rsatkichi bilan egalladi.

Top