16:21 / 30.05.2015
3694

FIFA prezidenti o‘rinbosari Blatter tufayli mansabni tark etdi

FIFA prezidenti o‘rinbosari Devid Gill Yozef Blatterning yana bir bor prezidentlikka saylanishi tufayli o‘z mansabini tark etdi. Bu haqda Associated Press muxbiri xabar bermoqda.
“Bugungi rahbari qo‘l ostida FIFA ijroiya qo‘mitasi a'zosi bo‘lishni hazm qilib bo‘lmaydi”, – dedi u o‘z bayonotida.
Kecha 79 yoshli Yozef Blatter beshinchi marta FIFA prezidentligiga saylandi.

Top