15:46 / 30.05.2015
1748

Filippinda sodir etilgan portlashlar oqibatida 15 kishi jarohat oldi

Filippinning Sulu viloyatida, Mindanao orollar guruhining ma'muriy markazi Xolo shahri yaqinida noma'lum shaxslar tomonidan politsiya bo‘limiga kiraverishda ikkita portlovchi qurilma harakatga keltirilgan. Oqibatda 15 kishi, jumladan 3 nafar bolalar jarohat olgan.

“Politsiyaning o‘nlab xodimlari va 5 nafar fuqaro, jumladan, 3 nafar bola jarohat olgan”, deyilmoqda mahalliy politsiya bergan xabarda. Bosqinchilardan biri qo‘lbola granatani politsiya bo‘limi kireverishiga uloqtirgan, bir necha daqiqadan keyin yana bitta kuchliroq portlash sodir bo‘lgan.

Mamlakatda faoliyat yurituvchi qurollangan guruhlardan birortasi hozircha ushbu bosqinchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.

Top