08:32 / 30.05.2015
2951

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi versiyasini namoyish qildi

Google kompaniyasi Android operatsion tizimining Android M deb nom olgan yangi versiyasini namoyish qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi operatsion tizim namoyishi vaqtida kompaniya vakili dasturchilar operatsion tizimga yuzlab yangi tuzatishlar kiritishganini ma'lum qildi.

Yanni operatsion tizimning rivojlantirilishi yo‘nalishlari aytildi. Ular orasida Chrome brauzeri bilan chuqur integratsiya, kamera va mikrofon uchun dasturlarga kirishni ko‘proq nazorat qilish hamda elektr iste'molini optimallashtirish kabilar bor.

Qayd etilishicha, foydalanuvchilar Android M operatsion tizimini joriy yilning 3-choragidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Top