19:09 / 30.05.2015
4042

Klichko Povetkinni revansh jangga chaqirmoqda

Boks bo‘yicha o‘ta og‘ir vazn toifasida IBF, WBA, WBO va IBO versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Vladimir Klichko TSN portaliga bergan intervyusida u 2013 yilda Moskvada mag‘lubiyatga uchratgan rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin bilan revansh jang o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qildi. Biroq Klichko endi jang Kiyevda bo‘lishi kerakligini aytmoqda.
“Kiyevga xush kelibsiz. Men taklif uchun, 2013 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan jang uchun minnatdorman. Agar revansh jang bo‘ladigan bo‘lsa, unda futboldek bo‘lishi kerak. Avval mehmonda, keyin uyda o‘ynaymiz. Mehmonda boks tushdik. Endi keyingi jangni Ukrainada o‘tkazsa bo‘ladi”, deb aytdi Klichko.

Bu uchrashuvdan avval “Rus vityazi” AQShlik bokschi Deontey Uaylder bilan jang o‘tkazib, WBC unvonini qo‘lga kiritishi kerak.

“Mening fikrimcha, bu taklifim Aleksandrga yoqadi. Agar istak bo‘lsa, unda imkoniyat ham bo‘lishi kerak. Ayni paytda, tushunimcha, Povetkinda men bilan uchrashishga imkoniyat yo‘q, chunki u WBC unvoni uchun da'vogar hisoblanadi. U yerda umuman boshqa chempion. Agar ular kelisha olsalar va jang bo‘lib o‘tsa, jang mehmonda emas, Kiyevda o‘tkazilishi uchun men Aleksandrga muxlislik qilaman”, deb aytdi Klichko.

Top