21:15 / 30.05.2015
13226

O‘zbekiston maktablaridagi chet tili xonalari zamonaviy vositalar bilan jihozlanadi

O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligida respublikamiz maktablarida chet tillar xonalarini o‘quv jihozlari bilan jihozlanishining borishi haqida ma'lumot berildi. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun Ta'lim bo‘yicha global sheriklik, Xitoy hukumati va Koreyaning Eksimbanki mablag‘lari jalb qilinmoqda.

Ayni paytda barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarining boshlang‘ich sinflarining 17222 ingliz tili xonalari DVD-pleyerlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar majmualari (rasmlar, mulyajlar, lug‘atlar va boshqalar) bilan jihozlandi. Bundan tashqari, 6650 ta xona noutbuk, proyektor, tovushkuchaytirgich, TV-tyuner va marker doskalarni o‘z ichiga oluvchi zamonaviy multimedia qurilmalari bilan jihozlandi.

Kelayotgan o‘quv yili boshlanishiga qadar maktablarga Xitoy tomonidan beg‘araz asosda taqdim qilinayotgan yana 6775 ta texnik vositalar majmualari yetkaziladi, maktablarning 1-4-sinflar o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan ingliz tili xonalari esa keyingi yilga multimedia qurilmalari (yana 3797 ta majmua) bilan to‘liq ta'minlanadi.

Bundan tashqari, 5-9-sinflar o‘quvchilari uchun chet tili xonalarini (informatika xonalari bilan qo‘shilib yuborilgan) jihozlash maqsadida Ta'lim bo‘yicha global sheriklik grant mablag‘lari hisobiga 1220 ta kompyuter xonalari, keyingi yildan esa Xitoy hukumati granti hisobiga 3 yil mobaynida 1303 tadan kompyuter xonalari sotib olish ko‘zda tutilgan.

Top