07:39 / 30.05.2015
2324

Pokistonda jangarilar tomonidan 19 kishi otib tashlandi

29 mayda Sind viloyatidagi Karachi shahridan Belujiston viloyatining Pishin shahriga yo‘l olayotgan ikkita avtobus qurollangan shaxslar tomonidan to‘xtatilib, undagi 25 kishi o‘g‘irlab ketilgan. Jangarilar 19 kishini otib tashlagan. Bu haqda Dawn gazetasi o‘z saytida xabar bermoqda.

Bir yo‘lovchi yaralangan, qolgan 5 kishi qo‘yib yuborilgan.

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif voqea yuzasidan xavotirlanish bildirdi va bosqinchilikning barcha tafsilotlari berilishini talab qildi.

Hozircha hech qaysi bir terrorchilik tashkiloti bu bosqinchilik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Bosqinchilik sabablari ma'lum emas.

Top