10:43 / 30.05.2015
2405

Saakashviliga Ukraina fuqaroligi berildi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Ukraina fuqaroligini oldi. Bu haqda Oliy rada deputatlari ma'lum qilishgan.

"Mixail Saakashvili endi rasman Ukraina fuqarosi hisoblanadi", deb yozadi "Pyotr Poroshenko bloki" partiyasi vakili bo‘lgan Oliy rada deputati Mustafa Nayyem feysbukdagi sahifasida.

"Gruziyaning sobiq rahbari Saakashvili 29 may kuni Ukraina fuqaroligini olishga muvaffaq bo‘ldi. Muxo, biz yangi Batumini yaratishingni istaymiz", deb yozadi tvitterda xuddi shu partiya vakili bo‘lgan yana bir deputat Sergey Leshenko.

Biroz oldinroq, Saakashvili Odessa viloyatiga gubernator etib tayinlangani xabar qilingandi.

Top