14:09 / 30.05.2015
4052

Saudiya Arabistonidagi masjidda ayol libosidagi terrorchi o‘zini portlatdi

29 may kuni Saudiya Arabistoni sharqidagi Dammam shahrida joylashgan shialar masjidida ayol kishi libosidagi jangari o‘zini portlatishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda guvohlarning ma'lumotlariga asoslangan holda Reyter xabar bergan.

U masjidning ayollar uchun mo‘ljallangan qismiga kirishga uringan. Portlash juma namozi vaqtida, masjidga kirish joyida sodir bo‘lgan. Portlash oqibatida terrorchi va uni to‘xtatishga uringan masjid xodimi halok bo‘lgan. 

Hozircha birorta terrorchilik tashkiloti ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. O‘tgan haftada juma namozi vaqtida shialar masjidida 21 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan edi.


Top