10:19 / 31.05.2015
3953

Jo Baydenning o‘g‘li miya saratonidan o‘ldi

AQSh prezidenti o‘rinbosari Jo Baydenning o‘g‘li, Delaver shtatining sobiq bosh prokurori Bo Bayden miya saratonidan vafot etdi. Oq uy matbuot xizmati buning yuzasidan o‘z saytida ta'ziyanoma e'lon qildi.
46 yoshli Bo Bayden shu oyning boshida shifoxonaga yotqizilgan edi. Uning oilasiga prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mishel ta'ziya bildirishdi.
Bo Bayden Kosovoda ishlagan, shuningdek, Iroq urushi faxriysi bo‘lgan. Bugungi kunda u investitsion firmada ishlab kelayotgan edi.

Top