15:41 / 31.05.2015
6234

Jon Kerri shifoxonaga tushib qoldi

AQSh davlat kotibi Jon Kerri Jyenevadagi gospitalga yotqizildi. AQSh tashqi siyosiy muassasi vakili Jon Kirbining Reuters agentligiga bergan ma'lumotida aytilishicha, Kerri shifoxonaga vertolyotda yetkazilgan.
Taxmin qilinishicha, davlat kotibi Fransiyaning Shveytsariya bilan chegarada joylashgan Senze shahrida velosipeddan yiqilgan va oyog‘i lat yegan.
“Davlat kotibining ahvoli barqaror. Jarohat natijasida xotirasini yo‘qotmagan”, – dedi Kirbi.
30 may kuni Jon Kerri Shveytsariyada Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif bilan olti soatlik muzokaralar olib bordi.

Top