11:16 / 31.05.2015
6769

O‘zbekistonlik maktab o‘quvchisi “Comedy Battl” shousining ikkinchi bosqichiga o‘tdi

Toshkentdagi 17-sonli o‘rta maktab o‘quvchisi, 16 yoshli Diyor Nishonov Rossiyaning TNT kanali orqali namoyish etilayotgan “Comedy Battl. Oxirgi mavsum” shousining ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, shou g‘olibi Comedy Club loyihasining yangi rezidentiga aylanadi hamda 5 mln rublni qo‘lga kiritadi.
Ayrim ma'lumotlarga qaraganda, shouda toshkentlik yana bir duet ishtirok etadi.

Top