11:03 / 01.06.2015
2537

“Farhod” bozorida telefon o‘g‘irlagan talaba qo‘lga olindi

Toshkentning Chilonzor tumanidagi “Farhod” bozorida telefon o‘g‘irlagan talaba qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Ismi keltirilmagan talaba bozorda aylanib yurganida qo‘lida Artel rusumli smartfon ko‘tarib ketayotgan Bahodir ismli shaxsga ko‘zi tushgan. U telefonni tortib olib, orqa-ketiga qaramay qochgan. Bahodir bozor ma'muriyatiga murojaat qilgan. Yetib kelgan huquq-tartibot xodimlarini jinoyatchini tezda qo‘lga olgan.

Top