20:25 / 01.06.2015
2051

“Sport-Ekspress” Garayni Rossiyaning eng yaxshi futbolchisi deb topdi

Rossiyaning bosh sport gazetalaridan biri “Sport-Ekspress” “Zenit”ning argentinalik himoyachisi Esekiel Garayni Rossiya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topdi.

Gazeta nihoyasiga yetgan chempionatda 20 martadan kam bo‘lmagan miqdorda maydonga tushgan 25 nafar futbolchining ro‘yxatini chop etdi. Garay gazeta tomonidan 10 balldan o‘rtacha 6,08 ball olib, 1-o‘rinni egalladi.
Ushbu reytingga “Zenit”ning boshqa futbolchilari – Xalk (3-o‘rin, 6,05), Igor Smolnikov (7- o‘rin, 5,98), Oleg Shatov (8- o‘rin, 5,96), Domeniko Krishito (14- o‘rin, 5,88), Danni (17-o‘rin, 5,86), Xavi Garsiya (21-o‘rin, 5,85) va Aksel Vitsel (23-o‘rin, 5,80) ham kiritildi.
“Sport-Ekspress” mavsumning ramziy terma jamoasiga “Zenit”ning 4 o‘yinchisi – Xalk, Domeniko Krishito, Esekiel Garay va Igor Smolnikovni kiritdi.
Qayd etilishicha, Garay oxirgi 23 yilda chempionatda eng yaxshi futbolchi deb topilgan ilk yarimhimoyachi bo‘ldi. Oxirgi marta bunga 1993 yilda Viktor Onopko muvaffaq bo‘lgan edi.

Top