10:19 / 01.06.2015
11887

Chirchiqda 13-14 yoshli qizlarni Suriyaga yubormoqchi bo‘lishdi

O‘zbekiston huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan Chirchiq tumanidagi yashirin hujraning faoliyati fosh qilindi. Aniqlanishicha, fuqaro Umida Qodirova diniy ta'lim berish bahonasida 13-14 yoshli qizlarni Suriyaga yuborishga tayyorlagan.
“O‘zbekiston” telekanali orqali ma'lum qilinishicha, ayrim ayollar ijtimoiy tarmoqlar orqali IShID targ‘ibotiga uchrab, oilalarini tashlab Turkiya, Suriya va Iroqqa ketishgan.
Telekanal bunday aldovlarga uchgan 9 ayol haqida hikoya qilib berdi.

Top