17:13 / 01.06.2015
2163

Diyego Kosta “Atletiko”ga qaytish uchun oyligi kamayishiga rozi

“Chelsi” hujumchisi Diyego Kosta jamoani tark etib, eski klubi “Atletiko”ga qaytmoqchi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, buning uchun Kosta oyligi kamayishiga ham rozi. Ammo londonliklar uni sotishi ehtimoli kam.
Ta'kidlanishicha, Kosta “Chelsi” tarkibida to‘p surishdan baxtiyor, ammo, shu bilan birga, Madriddagi hayotini sog‘ingan.

Top