14:13 / 01.06.2015
3391

Farg‘ona viloyatida raqamli televideniyening yangi standarti ishga tushirildi

Farg‘ona viloyatida raqamli televideniyega o‘tish amalga oshirildi. Bugungi kunga kelib raqamli televideniye viloyatning barcha tumanlarida ishlab turibdi, raqamli uzatkichlar esa Farg‘ona, Qo‘qon va So‘xda joylashgan.
2015 yil mayidan Farg‘ona shahrida DVB-T2 standarti bo‘yicha teleuzatish yo‘lga qo‘yildi, u 16 SD televizion kanalni uzatish quvvatiga ega.
Hozirlikda Farg‘ona aholisi O‘zbekiston, Yoshlar, Sport, Navo, Kinoteatr, Bolajon, Dunyo Bo‘ylab, Madaniyat va Ma’rifat, Diyor, Oilaviy, Mahalla, Farg‘ona va UzHD telekanallarini yuqori sifatda tomosha qilishi mumkin.

Top