10:08 / 01.06.2015
3246

Luis Enrike: “Atletik” o‘yinchilari o‘rnida bo‘lganimda Neymarning fintiga keskinroq javob bergan bo‘lardim”

“Barselona” futbol jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ispaniya Kubogi finalining “Barselona”-“Atletik” (Bilbao) uchrashuvining so‘nggi daqiqalarida ro‘y bergan ko‘ngilsiz voqea xususidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu voqeada “Barsa” hujumchisi Neymarning amalga oshirgan finti “Atletik” o‘yinchilarining e'tiroziga sabab bo‘lgan va natijada jamoalar o‘yinchilari orasida dahanaki jang chiqqan.
Uchrashuv 3:1 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘lgan.
“Agar men “Atletik” o‘yinchilarining o‘rnida bo‘lganimda, Neymarning fintiga xuddi shunday, balki undan ham keskinroq javob bergan bo‘lardim. Bunday oliftagarchiliklar Ispaniyada xushlanmaydi.
Biroq Neymar shu tariqa o‘ziga biriktirilgan raqibini kamsitmoqchi bo‘lmagan. Shunchaki Braziliyada bu borada boshqa madaniyat shakllangan. Sekin-asta Neymarni o‘zini nazorat qilishga o‘rgatib boramiz”, deb aytdi Luis Enrike.

Top