10:14 / 01.06.2015
2612

O‘zbekistonda 4 oy ichida 14 marta poyezdlar avtomobillar bilan to‘qnashdi

O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki to‘rt oyi mobaynida 14 marta poyezdlarning avtomobillar bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Tashkentskaya pravda” gazetasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2014 yilning shu davriga nisbatan bunday hodisalar soni 3 barobarga ko‘paygan.
O‘tgan yili poyezdlarning avtomobillar bilan to‘qnashuvi 30 marta qayd qilingan edi. Ushbu hodisalar natijasida 6 kishi halok bo‘lgan edi.
Temir yo‘l nazorati inspeksiyasining ma'lum qilishicha, mamlakatda 580dan ortiq temir yo‘l va avtomobil yo‘llarining kesishish nuqtalari bor, ammo ularning faqat 30 foizi himoyalangan.

Top