Joriy yilda Qirg'izistonda oltin asosga ega qimmatbaho qog'ozlar sotuvga chiqariladi. Bu haqda moliya bozorini nazorat qilish davlat xizmati raisi Sanjar Muqambetovga tayangan holda Qirg'iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.
“Qonunchilik bosqichidan o'tib oldik. Endi qaror loyihasi tasdiqlash uchun kiritilgan, joriy yilda biz oltin sertifikatlarni, ya`ni, oltin asosga ega qimmatbaho qog'ozlar sotuvga chiqaramiz”, – uning so'zlarini keltiradi agentlik.
Uning ta`kidlashicha, oltin sertifikatlarni, oltin quymalari singari, sotib olish, tasarruf qilish va sotish mumkin bo'ladi. Buning uchun Qirg'iziston fond birjasi maydon bo'lib xizmat qiladi.