12:48 / 01.06.2015
2123

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining ikkinchi divizioniga o‘tdi

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston termasiga qarshi ikki bosqichda o‘tkazilgan o‘yinlar natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilib, Osiyo chempionatining uchinchi divizionida birinchilikni qo‘lga kiritdi. Endilikda u Osiyo chempionatining ikkinchi divizionida to‘p suradi.
Uchrashuvlar 27 va 30 may kunlari Yuqori Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” stadionida o‘tkazildi. Birinchi uchrashuvda hindlar 8:31 hisobida g‘alaba qozondi, ikkinchi o‘yinda esa 32:15 hisobi bilan O‘zbekiston g‘alaba qozondi.
Regbi bo‘yicha Osiyo chempionati 5 divizion va eng kuchlilarni o‘zida jamlagan Top-3 bahslarida tashkil topgan. Chempionat strukturasi birinchi, ikkinchi va uchinchi darajadagi uchta diviziondan (Sharqiy, Janubiy-Markaziy va G‘arbiy) iborat.
Janubiy-Markaziy divizion o‘yinlarida Hindiston, Pokiston va O‘zbekiston terma jamoalari bahslashishi kerak edi. Pokiston terma jamoasi musobaqada ishtirok eta olmagani uchun Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasida ikkita uchrashuv o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi.

Top