18:09 / 01.06.2015
2265

Rossiyaning Omsk viloyatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi chegarani buzganligi uchun qamoqqa hukm qilindi

Rossiyaning Omsk viloyatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi chegarani buzganligi uchun qamoqqa hukm qilindi.
Isilko‘l shahar sudi 27 yoshli Igor Lisenko va 22 yoshli Abdurahim Ohunovni davlat chegarasini noqonuniy buzishda ayblab, tegishli jazoga hukm qildi. Sud jarayonida aniqlanishicha, 2015 yilning 31 yanvar kuni ular mamlakatda bo‘lish qoidalarini buzganliklari bois Rossiya hududidan chiqarib yuborilgan.
Lekin oradan ikki kun o‘tib, o‘zbekistonliklar Isilko‘l tumanidagi Roslavka qishlog‘i yaqinida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan va Rossiya hududiga yana kirgan. Ular Omsk shahriga kelib, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishi kerak edi.
Chegara qismlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida huquqbuzarlar aniqlanib, qo‘lga olingan va sudga topshirilgan. Lisenko sud tomonidan 6 oyga, Ohunov esa 1 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top