10:02 / 02.06.2015
2132

“Yuventus” ishqibozi Chempionlar Ligasi finaliga velosipedda yo‘l oldi

“Real” bilan Chempionlar Ligasi yarimfinalidan oldin “Yuventus” ishqibozlaridan o‘zlarining sevgan jamoalari Madrid klubi ustidan g‘alaba qozonishi uchun ular nimalarga tayyor ekanliklari haqida so‘rovnoma o‘tkazildi.

“Yuve”ning katta ishqibozi, velopoygachi Nikolo De Marki Berlingacha piyoda borishga tayyorligini aytgan. U “Yuventus”dan Turindan Germaniya poytaxtigacha bo‘lgan marshrut aks etgan fotosurat solingan maktubni olgach, yo‘lning olisligidan hayratda qoldi. “Piyoda borishga endi kech bo‘ldi. Balki Berlingacha velosipedda borarsan?”, deb yozilgandi maktubda.

De Marki o‘zining sevimli jamoasiga javoban “Agar final uchrashuviga bilet olib bersanglar, men ertagayoq yo‘lga otlanaman”, deb aytdi va Turin jamoasining roziligini oldi.

Velopoygachi o‘z yo‘lini “Yuve”ning uy maydoni “Yuventus Stedium”dan boshladi. Umumiy hisobda italiyalik velopoygachi 1100 km yo‘l bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. Berlinga yo‘l davomida u Shveytsariya, Lixtenshteyn va Germaniyada 8 marta to‘xtashni amalga oshiradi. Germaniya poytaxtiga u final uchrashuvidan 2 kun oldin – 4 iyun kuni yetib kelishi kutilmoqda.

Top