07:46 / 02.06.2015
1791

Allegri “Yuventus”ni YeChL finalidagi istalgan o‘yin rivojiga tayyorlamoqda

Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Chempionlar Ligasi finalidan oldin matbuot-anjumani o‘tkazdi.

“Biz nimaga qodirligimizni bilamiz va o‘zimizga ishonamiz. Hozir biz nima bo‘lishi mumkinligiga emas, o‘z ustimizda ishlashga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak. Biz “Barselona” darvozamizga gol urishini poylab o‘tirmoqchi emasmiz.

“Barsa” boshqa jamolarga nisbatan umuman boshqacha o‘yin namoyish qilmoqda. Biz tig‘iz o‘ynab, raqibga bemalol harakatlanishiga imkon bermasligimiz lozim. Final taqdirini 11 metrlik penaltilar seriyasi hal qilishi ham mumkin, biroq fikrimcha, buning ehtimoli kam. Biroq istalgan burilishga tayyor turishimiz lozim. Finaldagi g‘alaba ulkan voqea va mavsumning ajoyib yakuni bo‘lardi.

Lionel Messini to‘p bilan harakatlanayotganda to‘xtatish mushkul. Unga qarshi kurashda pozitsiyani to‘g‘ri tanlay bilish kerak.

Finalda bizda ijobiy lahzalar bo‘ladi. Xotirjamlikni saqlab, vahima qilmaslik kerak. Bu mavsum klub tarixiga kiradi. Har doim ham jamoa uch turli musobaqada butun yo‘lni bosib o‘ta olmaydi.

Finalga besh kun qolganda bizning lagerda ajoyib muhit surmoqda. Bu mavsumni yanada ajoyib qila olish qo‘limizdan kelarmikan, ko‘ramiz”, deb o‘z so‘zlarini nihoyaladi Allegri.

Top