08:00 / 02.06.2015
4690

Boliviyalik politsiyachilar mamlakat prezidenti Evo Moralesning avtomobiliga o‘q uzishdi

Boliviyalik politsiyachilar mamlakat prezidenti Evo Moralesning avtomobiliga yo‘lda yuz bergan mojaro tufayli o‘q uzishdi. Mashinada faqatgina haydovchi bo‘lgan.

U mamlakat prezidentini Boliviyaning rasmiy poytaxti Sukrega yetkazishi bo‘lgan samolyot uchuvchisini olib kelish uchun ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Karlos Romero xabar berdi.

Uning aytishicha, ushbu voqea yuzasidan to‘rt kishi ushlangan, ular suiqasd qilish ayblovi yuzasidan ko‘rsatmalar bermoqda.

Ko‘ngilsiz voqea Kochabamba shahrida 1 iyun kuni tongida ro‘y bergan. Prezident ma'muriyati avtomobili fuqarolik kiyimida bo‘lgan ikki nafar politsiyachi va yana ikki nafar oddiy fuqaro o‘tirgan mashinaning yo‘lini kesib oldinga o‘tib ketgan. Bu holatdan achchig‘i chiqqan huquq-tartibot muassasalari xodimlari mashinani to‘xtatib, ildamlab ketayotgan prezident mashinasi ketidan ikki marta o‘q uzishgan. Baxtli tasodif haydovchiga hech narsa qilmagan. Politsiyachilar huquq-tartibot muassasalaridan haydalishlari mumkinligi aytilmoqda.

Top