19:54 / 02.06.2015
3619

Dehlilik “plastik qiroli” rohib bo‘lish uchun o‘zining 600 mln dollaridan voz kechishga qaror qildi

Hindistonning DR International kompaniyasi direktori Banvarlal Doshi jaynizm yo‘nalishidagi hind dini rohibi bo‘lish uchun o‘zining 600 mln dollarlik boyligidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.

Dehlilik “plastik qiroli” deb nom olgan Doshi 1982 yildan beri rohiblikka kirmoqchi bo‘lgan, biroq u faqat o‘tgan yiligina o‘z oilasini bunday yo‘l tutish zarurligiga ishontirishga muvaffaq bo‘lgan.
Doshining kompaniyasi plastmassa ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Doshining rohiblikka qabul qilinishi marosimi 31 mayda bo‘lib o‘tdi, unda 150 mingdan ko‘proq odam ishtirok etdi. Doshi o‘z boyligining katta qismini jaynizm cherkoviga xayr-ehson qilishga qaror qildi.

Endi tadbirkor o‘zining ko‘chmas mulkidan voz kechishi kerak bo‘ladi. U mobil telefondan foydalanmaydi, faqat oppoq kiyimda yuradi. Doshi har kuni tonggi soat 4 da turib, yoga va meditatsiya bilan shug‘ullanishiga, hasharotlarga ziyon yetkazmaslik uchun doimo yalangoyoq holda yurishiga to‘g‘ri keladi.

Top