20:58 / 02.06.2015
4796

Iroq bosh vaziri Rossiyaga qarshi sanksiyalar IShID bilan kurashishga xalaqit berayotganini aytdi

Iroq bosh vaziri Haydar Al-Obodiy Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar Rossiyadan qurol-aslaha sotib olishning imkonini bermayotgani uchun IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashishda xalaqit berayotganini ma'lum qildi.

Iroq bosh vaziri Eronga qarshi sanksiyalarga qarshi chiqdi va IShIDga qarshi aksilterrorchilik koalitsiyasining kurashini muvaffaqiyatsiz deb atadi.

Avvalroq Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius IShIDga qarshi kurash uzoq vaqt talab qilishini aytgan edi.

Top