18:42 / 02.06.2015
5740

O‘zbekistonda mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 20 mlndan oshdi

Xalqaro elektr aloqa ittifoqining ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yili mobil aloqadan foydalanuvchilar soni 7 mlrd dan oshib ketgan. 2000 yilda ularning soni 1 mlrd ga teng ekanligi aytilgan edi.
O‘z navbatida, internetdan foydalanuvchilar soni 3.2 mlrd kishiga yetgani aytildi.

O‘zbekiston aloqa operatori abonentlari soni 2014 yil oxiriga ko‘ra 19 mln deb ma'lum qilingan edi. 2015 yilning I choragida bu son biroz ko‘paygan. 

O‘zbekistonda Beeline aloqa operatoridan foydalanuvchilar 10.356.000 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, UCell foydalanuvchilari 8.574.000 hamda UMS abonentlari 423 ming nafarni tashkil etgan. 

Shuningdek, CDMA aloqa operatorlari Uzmobile hamda Perfectum 2014 yil yakuniga ko‘ra 500 mingdan oshiq abonentga xizmat ko‘rsatgan. 

Manba: mobinfo.uz

Top