10:59 / 02.06.2015
3924

O‘zbekistonning Eron va Pokistondagi elchilari o‘z vazifasidan ozod etildi

O‘zbekistonning Eron Islom respublikasidagi elchisi Ilhom Akramov o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatida ma'lum qilingan.

Shuningdek, Pokistondagi O‘zbekiston elchisi Parviz Aliyev ham o‘z lavozimini tark etgan. Parviz Aliyev 2012 yilning sentabridan buyon bu lavozimda xizmat qilib kelayotgandi. 66 yoshli Aliyev uzoq vaqt O‘zbekiston Rspublikasi TIV tizimida faoliyat ko‘rsatgan, o‘z vaqtida O‘zbekistonning Afg‘oniston, Tailand va Erondagi elchixonalari va konsulxonalarida ishlagandi. U turk, ingliz, fors va dariy tillarini puxta egallagan bo‘lib, 2 farzandning otasi hisoblanadi.

Top