12:56 / 02.06.2015
4736

Qirg‘izistonning eng novcha fuqarosi vafot etdi

1 iyun kuni Qirg‘izistondagi eng bo‘yi baland odam bo‘lgan Jyengishbek Rayimboyev vafot etdi. Bu haqda “Turmush” nashri xabar bermoqda.
Jyengishbek Rayimboyevning ahvoli kun sayin yomonlashib borayotgan edi. Uning onasi Janilqan Xo‘jabekovaning murojaatidan so‘ng mamlakatning eng bo‘ydor odamiga yordam ko‘rsatish borasida chora-tadbirlar ko‘rildi.
Jumladan, 2015 yilning 28 may kuni prezident Almazbek Atambayev maxsus qaror imzolab, Rayimboyevga 10 ming som oylik nafaqa tayinladi. Bundan tashqari, ijtimoiy himoya va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan uning davolanishi uchun 100 ming som ajratildi.
Ammo bu ishlar samarasini berib ulgurmadi, Rayimboyev 1 iyun kuni vafot etdi. Uning dafn marosimi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Top