16:51 / 02.06.2015
5732

Sayyoh-fotograf o‘z fotosuratlarida xitoyliklarning ijtimoiy ahvolini original uslubda yoritib berdi

Xitoy bo‘ylab sayohat qilgan xorijlik sayyoh o‘z taassurotlarini original uslubda ifodaladi. U Xitoyning turli qismlarida istiqomat qiladigan turli tabaqa va soha vakillarining xonadonlariga tashrif buyurib, ulardan uylaridagi barcha buyumlarni hovliga olib chiqishni so‘radi. Uning iltimosi bajarilgach, hovliga yoyib qo‘yilgan buyumlar bilan xonadon sohiblarini birgalikda suratga tushirdi. Sayyoh bu ishni bir necha marta takrorlagach, o‘ziga xos fotojamlanma tuzdi.

Ushbu fotojamlanma orqali xitoyliklarning hayoti haqida atroflicha ma'lumot olish mumkin.

"Men turli oilalarda bu usulda surat olish orqali ularning haqiqiy hayot tarzini ko‘rsatib berishga harakat qildim. Bu suratlar orqali aholi qatlamlarining turli hududlarda turlicha madaniyatga egaligini hamda boy va kambag‘al oilalar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rish mumkin", deydi suratlar muallifi.

Top